«Xalq oldida va konstitutsiyaga binoan, insonlar farovonligi va butun dunyodagi tinçlik uçun, Yaponiya va uning xalqiga ularning ramzi sifatida xizmat qilişga qasamyod qilaman.
Xalqimizning donoligi va mehnati bilan mamlakatimiz yana ham gullab-yaşnasin. Sa'y-harakatlarimiz tinçlik va xalqaro jamoatçilik bilan döstlikka hamda insoniyat farovonligi uçun xizmat qilsin», – dedi imperator.

Ob-havoning noqulayligi va mamlakatda motam kunlari bölişiga qaramay, marosim 2 mingga yaqin mehmon iştirokida ötdi.
An'anaga muvofiq Yaponiyaning qadimiy poytaxti Kiotoda ötgan tadbir mamlakatning barça telekanallari orqali translatsiya qilindi.


Imperator saroyining boş zalidagi marosimda 183ta davlatdan taşrif buyurgan taxminan 400 nafar xorijlik yuqori martabali delegatlar qatnaşdi.
Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Buyuk Britaniya valiahd şahzodasi Çarlz, Ispaniya qiroli Filipp VI, Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer, Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr, Daniya valiahd şahzodasi Frederik, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy şular jumlasidan.
Ma'lum bölişiça, xorijdan taşrif buyurgan oliy darajadagi 400 mehmonning 70 nafarini bevosita davlat rahbarlari va monarxlar taşkil etgan.

Qayd etiş kerak, oliy darajadagi marosim protokoli 200 yildan köproq vaqtdan buyon özgarmay kelmoqda.
1869 yildan boşlab uşbu tadbir uçun xitoyça emas, balki yaponça marosim liboslarini kiya boşlaşgan. Jumladan, bugungi tadbir vaqtida imperatritsa Masako 12 qavatli, taxminan 15 kg toş bosadigan an'anaviy libosda edi.






















