Yunusobod tumani hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari E.Z. qölga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan özboşimçalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e'tirof etiş böyiça tuman hokimining qarorini çiqarib beriş evaziga 5.000 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktabr kuni Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi (Pora oliş) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hayot Şamsutdinovning ma'lum qilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun: E. Z. şu yilning boşida Yunusobod tuman hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

U uzoq yil "Özuyjoyjamğarmabank" banki tizimida rahbar lavozimlarida işlagan, "Makon Kapital Invest" mas'uliyati çeklangan jamiyati ta'sisçisi va moliya masalalari böyiça maslahatçisi ham bölgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning sentabr oyida Toşkent şahri Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olişda gumonlanib qölga olingandi.

Abdusamatov şu yilning may oyida Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) böyiça aybdor deb topilib, 5 yilga qamalgan.