Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning fikriça, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar integratsiyalaşuv doirasida özlari qaçonlardir bir qismi bölgan SSSR tajribasidan foydalanişi kerak.

U bu haqda 24-25 oktabr kunlari Nur-Sultonga amalga oşiriladigan rasmiy taşrifi arafasida Qozoğistonning «Xabar» davlat telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Bir mamlakatda yaşadik. Bizda katta tajriba bor, aynan şu poydevordir. Bizda yagona til bor, umumiy narsalar köp. Bu yölni Yevropa ittifoqiga qaraganda tezroq bosib öta olamiz», - dedi Belarus rahbari.

Uning ta'kidlaşiça, YeOII mamlakatlari Yevroittifoqning xatolarini örganişi va ularni takrorlamaslikka harakat qilişi kerak.

«Boşqalarning xatolaridan saboq olişimiz kerak. Tezroq harakatlana olamiz, sababi köproq tajribaga egamiz, biz sovet ittifoqida yaşaganmiz. Unda esa juda yaqin integratsiyalaşuv mavjud edi. Uni yöq qilişning keragi yöq. Vayron bölgan narsalarni qayta tiklaşimiz kerak. Buning ustida işlaşimiz lozim», - deya xulosa qildi Lukaşenko.

Siyosatşunos: Özbekistonning YeOIIga qöşilişidagi 5 salbiy nuqta