Polşada Özbekiston fuqarosi vafot etdi. Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti bu haqda axborot bilan çiqdi.

Mamlakatning Polşadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 21 oktabr kuni Mazovetsk öpka va sil kasalliklarini davolaş markazida (Mazowieckie Centrum Leczenia Chorób Płuc i Grużlicy w Otwocku) 23 avgustdan beri davolanayotgan Özbekiston fuqarosi B.R. hayotdan köz yumgan.

Elçixona vaziyatni nazoratga olgan hamda marhumning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Polşa hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Özbekistonning Varşava şahridagi elçixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi: +48-22-894-62-30 (2).