Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasida budjet mablağlari talon-toroj qilingan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, şifoxona tomonidan elektron davlat xaridlari portaliga har birining narxi 3 mln. 500 ming sömdan bölgan 10 dona (35 mln. sömlik) “G” markali konditsioner xarid qiliş böyiça xususiy korxona bilan elektron şartnoma rasmiylaştirilgan.
Biroq, xususiy korxona tomonidan “G” markali konditsionerlari örniga, narxi 2 mln. 425 ming söm bölgan 10 dona (24 mln. 425 ming sömlik) “A” rusumli konditsionerlar olib kelib örnatilib, jami 10 mln. 575 ming sömlik budjet mablağlari özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingan.
Bundan taşqari, şifoxonada 31 holatda jami 58 mln. 305 ming sömlik dori vositalari qimmat narxlarga xarid qilinib, ança miqdordagi budjet mablağlari rastrata yöli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan viloyat yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 2-qismi “g” bandi jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.












