Ijodiy işlar 2019 yilning 15 oktyabridan 15 noyabriga qadar qabul qilinadi. Ğoliblar 1-örin uçun 10 million söm, 2-örin uçun 7 million söm va 3-örin uçun 5 million söm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy saylov komissiyasi, Xalqaro matbuot markazi va Xalqaro press-klub “Saylov - 2019” videoroliklar tanlovini e'lon qildi
Unda yoşidan qat'i nazar barça professional va havaskorlar ijodkorlar qatnaşişi mumkin.
Tanlov talabiga köra, iştirokçilar saylov va uning insonlar hayotiga ta'siri haqida kreativ, ta'sirçan va zamonaviy yondaşuv aks etgan hamda davomiyligi 2 daqiqagaça bölgan özbek, rus yoki ingliz tillarida videorolik tayyorlaşlari lozim.
Tanlovga planşet, şaxsiy kompyuter mobil telefon va boşqa vositalar orqali tayyorlangan AVI, MP4, MOV, MPEG formatidagi istalgan janrdagi videomateriallar: sahnalaştirilgan, hujjatli, animatsion, musiqiy va boşqa janrdagi işlar qabul qilinadi.
Arizalar 2019 yilning 15 oktyabridan 15 noyabriga qadar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ofisida hamda [email protected] elektron poçtasi va telegramdagi rasmiy kanali t.me/dscuzbekistan orqali qabul qilinadi.
Tanlov nominatsiyalari:
Eng yaxşi sahnalaştirilgan videorolik;
Eng yaxşi animatsion videorolik;
Eng yaxşi informatsion videorolik;
Muxlislar e'tirofini qozongan videorolik.
Ğoliblarga quyidagi miqdordagi pul mukofoti beriladi: 1-örin uçun 10 million söm; 2-örin uçun 7 million söm va 3-örin uçun 5 million söm.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy işlar Hakamlar hay'ati tomonidan körib çiqiladi va baholanadi.












