Gap 73-qavatli The Center binosida joylaşgan yer osti avtoturargohidagi standart joy haqida bormoqda. Maşina qöyiş joyini şu binoda ofislarga ega bölgan sarmoyaçi sotib olgan. Uning ismi oşkor qilinmagan.
Ta'kidlanişiça, uşbu bino bir yil avval jahon köçmas mulk bozorida rekord narxga sotilgan. U developerlar konsorsiumiga 5,15 mlrd dollarga pullangan.
The Center osmonöpar binosi 1998 yilda qurilgan bölib, zamonaviy bino şahardagi eng baland binolar içida 5-örinda turadi. Binoda 40 dan köproq tezyurar lift va 400 ta maşinaga möljallangan yer osti avtoturargohi mavjud.
Hongkongning tijoriy köçmas mulk bozori dunyodagi eng qimmatbahosi hisoblanadi. Riyeltorlar turarjoylar, ofislar, avtoturargohlar va savdo joylarining bunday astronomik narxlarini şaharda böş yerning tanqisligi va taklif kam bölgan holda talabning yuqoriligi bilan tuşuntirişadi.
















