Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Nukus şahrida ötkazilayotgan «Orolböyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyasi hududi» xalqaro konferensiyasida transçegaraviy suv resurslari töğrisida gapirdi.

«Orol dengizining qurişi hozirgi kunning juda katta va dolzarb muammolaridan biri bölib turibdi. Sönggi yillarda Özbekiston Orol muammosining salbiy oqibatlarini pasaytiriş uçun kompleks çoralarni körmoqda. Şulardan biri transçegaraviy suv resurslaridan oqilona va hamkorlikda foydalanişdir. Bu Özbekistonning taşqi siyosatida ham muhim örin egallaydi. 

Transçegaraviy suv resurslaridan hamkorlikda foydalaniş - tinçlik va barqarorlik omilidir. Biz bu borada qöşni davlatlar – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan maxsus komissiyani tuzganmiz va bugungi kunda u samarali faoliyat olib bormoqda. Biz transçegaraviy suv resurslaridan hamkorlikda foydalanişning yanada qulay imkoniyatlarini örganib çiqmoqdamiz. Özbekiston bundan manfaatdor. 

Hozirgi kunda suv xöjaligi böyiça mavjud bölgan transçegaraviy inşootlarga aloqador barça muammolar öz yeçimini topgan. Barça holatlar xalqaro suv huquqi me'yorlari böyiça tartibga solinmoqda.

Biz Markaziy Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça regional dasturni tuzdik va konferensiya a'zolariga taqdim qildik. Bu dasturning qabul qilinişi regional suv hamkorligini yanada rivojlantiriş imkonini beradi. Özbekiston bu dasturning qabul qilinişi va hayotga tatbiq etilişi uçun barça çoralarni körişga tayyor», - deya Şavkat Hamroyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.