Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxşi bölişi kutilmoqda. Bu haqda Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev parlament eşituvida gapirdi. 

Qayd qilinişiça, parlament quyi palatasi deputati Muqaddas Tirkaşeva suv xöjaligi vaziridan asosiy daryolarga suv keliş prognozlari bilan qiziqqan. 

«Markaziy Osiyo davlatlari bilan har yili suv limitlari kelişiladi. Bugungi kunda saylovçilar bilan uçraşganimizda suv tanqisligi haqida köp murojaat qilişadi. Qöştepa kanali qurilişining Amudaryo suviga ta’siri bölayaptimi, degan xavotirlar bildiriladi. Umuman olganda, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafşon daryolarida suv keliş prognozlari avvalgi yillarga nisbatan neça foizni taşkil qilmoqda? Iqtisodiyot tarmoqlarini kafolatli suv ta’minoti bilan ta’minlaş borasida qanday çoralar körilmoqda?», deb söradi Tirkaşeva. 

Bunga javoban Şavkat Hamroyev şunday dedi: 

«Darhaqiqat, 5 ta davlat suv limitlarini özaro kelişadi. Oxirgi yiğilişimiz Çimkentda bölib ötdi. Unda suv havzalaridagi suv holati muhokama qilindi. Bu yilgi yoğingarçiliklar natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv hajmi yaxşi bölişi başorat qilinyapti. Hozirgi holatda ötgan yilgi daraja kutilyapti. Köp yillik me’yorlarga nisbatan esa Sirdaryoda 85-90 foiz, Amudaryoda 90-95 foizgaça suv bölişi başorat qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlarimizda ötgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub ortiqça suv zaxirasi yaratilgan». 

Şuningdek, vazir sönggi yillardagi oçiqlik siyosati natijasida qöşni davlatlar bilan köp masalalarda, jumladan, suv masalasida ham yaqin hamkorlikda işlar olib borilayotganini ta’kidladi. 

«Suv bizni duşman qilib emas, döst qilib, manfaatli hamkorlik qilişga, Xudoning bergan ne’matidan samarali foydalanişga undaydi», dedi Hamroyev.