Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Özbekistonda suv yetişmovçiligi keskin kuçayib bormoqda. Bu muammo jumladan, tomorqaçi va fermerlar örtasida turli nizoli vaziyatlarni ham yuzaga keltirmoqdaki, undan köp hollarda tomorqaçilar jabr köryapti.
Kun.uz muxbiri tahririyatga şu mazmunda yuborilayotgan murojaatlarga asosan suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev bilan intervyu ötkazdi. Xöş, tomorqaçi va fermer örtasidagi muammolar qanday hal qilinişi kerak?
— Bugun joylarda ekinga suv oliş borasida şunday norasmiy tartib amal qilmoqdaki, unga köra, fermer va klaster egasi haftaning 5-6 kunida, tomorqaçi esa 1 yoki 2 kun suvni oladi. Vazir sifatida ayting-çi, bu qançalik töğri tartib, aslida suv munosabatlari joylarda qanday hal qilinişi kerak?
— Töğri masala kötarildi. Takomillaştiriş kerak bölgan narsa bu. Oldin sobiq ittifoq davridagiga öxşaş tuman irrigatsiya bölimlari tiklandi bizda. Oldin bir tumanda qişloq xöjaligi böyiça yiğiliş bölib qolsa suvga javobgar şaxs yöq edi. Quyi tizimni takomillaştiriş uçun böldi bu tizim. Ilgari, deylik, bir qişloqning xöjaligi, fermerlari uçun suv masalalari böyiça irrigatori bölardi, keyinçalik yöq bölib ketdi. Buning ortidan joylarda hamma öziça tartib örnatib olaverdi. Xarajatlar taqsimotida qanaqadir tartiblar örnatib olişgan.
Ötgan yili prezidentimiz şu masalaga alohida urğu berib ötdi. Xalqimizga kömaklaşiş maqsadida tomorqa xöjaliklari ham bizning qişloq xöjaligida ustuvor yönaliş bölişi kerak deb bizga vazifa berdi. Avvallari suvdan foydalanuvçilar uyuşmasi bölardi, suv va suvdan foydalaniş böyiça qonunni takomillaştiriş jarayonida Suv iste’molçilari uyuşmasiga aylandi va huquqiy maqom berildi. Va qator huquq va majburiyatlar belgilab berildi. Lekin iş jarayonida bu özini oqlamadi. Şuning uçun ötgan 2022 yilda prezidentimiz 145-sonli qarori bilan quyi böğinlarda suvni boşqarişni takomillaştiriş böyiça maxsus qaror çiqardi.
Fermer, klasterçilar va tomorqaçilar örtasidagi muammo yeçimi böyiça takomillaştiriş işlari hali oxiriga yetgani yöq. Lekin suv xöjaligi tizimidagi maxsus xizmat körsatuvçi xodimlar bor. Ular budjetdan oylik olmaydi, qilgan xizmatiga qarab fermer va aholidan pul olişi mumkin kelişilgan holda. Mana şu maxsus xizmat boşliği tuman irrigatsiya bölimi boşliğining örinbosari ham hisoblanadi. Ularga iş şaroitlari yaratilgan. Uslubiy rejalar, iş yuritiş tomonidan irrigatsiya bölimi yordam beradi. Hozir fermer xöjaliklari soni köpaygan, tarmoqlar oşgan, şularning taqsimotini qiliş katta bir masala. Lekin şunday bölsa ham, prezidentimiz har bir tomorqa suv içişi kerak, degan topşiriq bergan. Ular ham katta miqdorda mahsulot çiqaryapti bozorga. Maxsus xizmatni takomillaştirib boriş kerak böladi. Ötgan yili bu böyiça 5,5 mingga yaqin xodim işga olindi, şulardan 3 mingtasi mutaxassis xodimlar, qolgani talabga javob bermaydi. Vegetatsiya davri ötgaç, şartnomani bekor qildik, 600 taçasi qoldi.
















