Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Qadrli döstlar!

Siz, azizlarni Özbekiston rangli metallurgiya sanoatining yetakçisi – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati taşkil topganining qutluğ 70 yillik sanasi munosabati bilan çin qalbimdan tabriklayman.

Kombinat tarixi respublikamizda rangli, nodir va qimmatbaho metallarni qazib oliş hamda ularni qayta işlaşga qaratilgan mutlaqo yangi tarmoqning yaratilişi hamda yirik işlab çiqariş quvvatlari va zamonaviy Olmaliq şahrining paydo bölişi bilan bevosita boğliqdir. Bu tarix zamirida şonli an'analarni munosib davom ettirayotgan, butun bilim va tajribasi, mahorati, qalb qörini öz işiga baxşida etib, fidokorona mehnat qilayotgan ming-minglab odamlarning juda katta maşaqqatli xizmatlari mujassam.

Korxonaning bunyod etilişi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari uçun strategik ahamiyatga ega bölgan mineral boyliklarni keng kölamda özlaştirişga yöl oçib berdi.

Sizlarga ma'lumki, bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida biz sanoat va iqtisodiy salohiyatimizni har tomonlama rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.

Kombinat misolida oladigan bölsak, bu borada ötgan yili qabul qilingan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati işlab çiqariş quvvatlarini rekonstruksiya qiliş va barqarorlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror korxona faoliyati uçun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Uşbu ulkan majmuaning köp millatli va ahil jamoasi respublikamizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan çuqur tarkibiy islohotlar jarayonida, butun mamlakatimizni, milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilişda faol iştirok etayotganini barçamiz yaxşi bilamiz va çeksiz qadrlaymiz.

Heç şubhasiz, Vatanimizning kuç-qudrati ösişida, Özbekistonda qazib olinayotgan qimmatbaho va rangli metallarning yuksak sifati butun dunyoda alohida e'tirof etilişida iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblangan kombinatning 35 minglik jamoasi salmoqli hissa qöşib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toşkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilğor texnologiyalar asosida, yetakçi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal özlaştirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oşirilib, ularning 70 foizdan ortiği eksport qilinmoqda.