Olimlar ultrabinafşa nurlanişning teriga ta'sirida yoki D vitamini qabul qilinganda inson içagidagi bakteriyalar tarkibi özgarişini aniqlaşdi. Mutaxassislarning fikriça, D vitamini organizmning himoyalovçi xususiyatlarini ança yaxşilaydi. Bu haqda Frontiers in Microbiology naşrida ma'lum qilingan.
Mutaxassislarning eslatişiça, quyoş nurining ta'siri organizmda immunitetni oşiruvçi D vitamini işlab çiqilişiga kömak beradi. Şuningdek, bu vitamin qöşimçalar sifatida qabul qilinadi. Bu safar olimlar D vitamini işlab çiqilişi va inson içagi mikrobiomi tarkibi örtasida boğlaniş bor-yöqligini tekşirişga qaror qilişgan.
20 dan köproq kişi iştirok etgan tajriba qişda ötkazilgan. Iştirokçilarning butun tanasi bir daqiqadan 3 marta ultrabinafşa nurlanişga uçratilgan. Natijada tajriba oxirida iştirokçilarning organizmidagi bakteriyalar turfa xilligi ança oşgan. Şu bilan birga bir qism iştirokçilar D vitamini qabul qilgan. Ularda tajriba oxirida bakteriyalar tarkibi sezilarli özgarmagan.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, D vitamini yöğon içak saratonidan himoyalovçi Lachnospiraceae oilasiga mansub bakteriyalar köpayişiga eng köp ta'sir qilgan.












