Toşkent şahridagi örta ta'lim muassasalari xodimlariga oylik ustamalarini tölaş tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasida aytilgan.

Toşkent şahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda boşlanğiç sinflarda öquvçilarning iqtidori va qobiliyatlarini yanada rivojlantiriş, boşlanğiç ta'limning sifatini oşiriş maqsadida 2020-2021 öquv yilidan boşlab inklyuziv ta'limga jalb qilingan öquvçilar mavjud bölgan barça boşlanğiç sinflarga “assistent öqituvçi” lavozimini joriy etadi va uning mehnatiga haq tölaş oliy ma'lumotli öqituvçining bazaviy tarif stavkasining 0,75 baravariga tenglaştiriladi.

Toşkent şahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boşlab mahalliy budjet mablağlari hisobidan Toşkent şahridagi umumiy örta ta'lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:

ikkinçi toifali öqituvçi uçun 1,1 baravar;

birinçi toifali öqituvçi uçun 1,25 baravar;

oliy toifali öqituvçi uçun 1,5 baravar miqdorlarida qöşimça rağbatlantiriş oylik ustamalarini tölaş tartibi joriy etiladi.