25 oktabr kuni Adliya vazirligi va Yoşlar ittifoqi hamkorligida huquqiy sohada tahsil oluvçi hamda adliya sohasiga qiziquvçi, şuningdek, huquqiy masalalarda savol, taklif va taşabbuslari mavjud bölgan yoşlarni jalb etgan holda Adliya vazirligida “Adliya vaziri va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi.

Uçraşuv davomida Adliya vazirligiga ekskursiya taşkil etilib, unda sohaga qiziqqan yuzdan ortiq ilğor yoşlarga vazirlikning içki tuzilmasi, boşqarmalar va bölimlar faoliyati bilan yaqindan tanişiş uçun imkoniyat yaratildi. Şuningdek, norma ijodkorligi, huquqni qöllaş amaliyoti, huquqiy tarğibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalarning amalga oşirilişi jarayoniga guvoh böldilar.
Vazirlik tarixi, bugungi kundagi faoliyati va istiqboldagi rejalari töğrisidagi taqdimot va Adliya organlari tarixi muzeyiga taşrif yoşlarga adliya organlari töğrisida yanada aniq, mukammal tasavvurga ega bölişlariga sabab böldi.

Tadbirning asosiy qismi yoşlarning adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari va Özbekiston yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisi Alişer Sa'dullayev bilan uçraşuvi orqali davom ettirildi. Uçraşuvda yoşlarga oid davlat siyosatining ahamiyati, yoşlar uçun qonunçilikda yaratilgan imkoniyatlar, yoşlar orasida huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.


Şuningdek, tadbir iştirokçilarining qiziqişlarini inobatga olgan holda savol-javoblar, huquqiy viktorinalar ham ötkazildi. yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi. Faol iştirokçilarga adliya vaziri hamda Yoşlar ittifoqi rahbariyatining esdalik sovğalari topşirildi.


Ma'lumot uçun: bugungi kunda Özbekistonda 33 mln. 697 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, ularning 18 mln. 119 mingdan ortiğini (53,7 foiz) yoşlar taşkil etadi.













