Kurdlar yetakchisi IShID rahbariga qarshi amaliyot haqida ma'lumot berdi
IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy bir necha oy davomida hamkorlikda olib borilgan razvedka ishlaridan keyin o‘tkazilgan amaliyot natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda «Suriya demokratik kuchlari» rahbari Mazlum Abdi ma'lum qildi.
«Terrorchi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyotdan oldin besh oy davomida quruqlikda qidiruv va kuzatuv ishlari olib bordik. Biz bu katta ishga hissa qo‘shganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiramiz», deya yozgan u tvitterida.
Bugun AQSh 27 oktyabrga o‘tar kechasi Suriyaning Idlib viloyatida IShID rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgani haqida xabarlar tarqaldi.
Turkiya Mudofaa vazirligi ushbu amaliyot Anqara bilan muvofiqlashtirilgan holda o‘tkazilgani tasdiqlagan, unda 8ta vertolyot va 4ta dron ishtirok etganini ma'lum qilingan.
Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp 27 oktabr kuni soat 9:00da (Toshkent vaqti bilan 18:00) muhim bayonot bilan chiqishini ma'lum qilgan. Trampning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqda «olamshumul voqea sodir bo‘lgani» haqida yozib, IShID rahbari yo‘q qilinganiga ishora qilgan.
Bundan avvalroq Iroq va Erondagi manbalar ham terrorchilar rahnamosi yo‘q qilingani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024