Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg yaqinida yuk poyezdi o‘zbekistonlik muhojirni urib ketdi
Illyustrativ foto
Leningrad oblastining Lomonosov tumanida 1,5 ming tonna shag‘al ortilgan yuk poyezdi muhojirni urib ketdi. Erkak voqea joyida vafot etgan.
47news xabariga ko‘ra, erkak kishi 26 oktabr kuni kechqurun poyezd ostida qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin joydagi maydonchada quruvchi bo‘lib ishlaydigan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Poyezd mashinistining so‘zlariga ko‘ra, u temir yo‘ldan ketayotgan piyodani payqagan va unga chetga chiqish signalini chalgan, lekin qaytarma qalpoqda bo‘lgan erkak bunga reaksiya bildirmagan. Poyezd soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan tezlikda harakatlangani aytiladi. Favqulodda to‘xtashga qaramay, to‘qnashuv oldini olishning imkoni bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
18:13 / 19.03.2026