Xalq banki raisi boshqa lavozimga o‘tkazildi

Xalq banki boshqaruv raisi Murodilla Yoqubovich Eshmatov «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
U bu lavozimda biroz avvalroq bank faoliyatidagi kamchiliklari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunmagani uchun ishdan olingan Otabek Panjiyevich Almardanov o‘rnini egalladi.
Murodilla Eshmatov 1969 yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1991 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1994 yilda Istanbul universitetini tamomlagan. Moliya va kredit bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Murodilla Eshmatov bank tizimidagi faoliyatini 1995 yilda boshlagan. U 1995 yildan 2016 yilgacha Markaziy bankda turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan, 2016-2019 yillarda esa Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
U 2019 yilning aprelidan buyon Xalq banki boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

16:54 / 24.06.2024
Hukumat Mikrokreditbankka 2 trln so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratdi

19:26 / 02.11.2023
Bir davlat bankining binosini boshqa bir davlat banki sotib oldi

16:00 / 27.08.2022
Yana bir bank rebrending qildi: bu nimani anglatadi?

17:36 / 01.05.2022