«Eslatib ötiş joiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida»gi qarori, oradan bir oy ötib, ya'ni, 22 noyabrda “2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Körinib turibdiki, endilikda ham qişloqlar, ham şaharlar ulkan bunyodkorlik bilan qamrab olindi. Hamma joyda uylar qurilişi jadal tus oldi.
2016 yilda davlat dasturlari doirasida qişloqlarda 13 mingta turar joy, tadbirkorlar tomonidan 13 ming 189 ta xonadonli uy (jami 26 ming 189 ta) qurilgan bölib, buning uçun 4 trillion 330 milliard söm sarflangan.
2017 yilda esa davlat dasturlari doirasida qariyb 29 mingta, jumladan qişloqlarda 20,3 mingta, şaharlarda 8,5 mingga yaqin turar joy qad kötargan. Şuningdek, tadbirkorlar tomonidan 16 mingdan ziyod xonadonli uy qurilgan. Ya'ni, umumiy hisobda qariyb 45 mingta uy-joy barpo etilib, bular uçun 6,2 trillion söm sarflangan.
Ötgan yilda bunyodkorlik kölami yanada kengaydi. Xususan, davlat dasturlari doirasida 42,2 mingta, şu jumladan qişloqlarda 25,3 mingta, şaharlarda qariyb 17 ming turar joy, tadbirkorlar tomonidan jami 19,7 ming kvartiradan iborat uylar qurilgan. Ya'ni, qariyb 62 mingta uy-joy barpo etilib, 12 trillion 130 milliard söm sarf-xarajat qilindi.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida davlat dasturlari doirasida qariyb 30 mingta, şu jumladan qişloqlarda 15 mingdan ziyod, şaharlarda 15 mingga yaqin turar joy, tadbirkorlar tomonidan esa jami 19,5 ming xonadonni öz içiga olgan uylar barpo etilgan. Umumiy hisobda qariyb 49,5 ming uy-joy qurilib, buning uçun 12 trillion 24 milliard söm yönaltirilgan.
Hisob-kitoblarga köra, xalqimiz ehtiyojini töla qondiriş uçun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar quriş kerak. Buning uçun esa qariyb 30 trillion söm zarur böladi. Bu mablağ esa davlat budjetining 23 foizidan ziyodini taşkil etadi.
Öz-özidan ayonki, davlat budjetining bunça qismini birgina şu sohaga ajratib bölmaydi. Şuningdek, davlat xususiy sektor iştirokisiz aholi ehtiyojini töla qondirişi qiyin. Şu bois yiğilişda ipoteka tizimiga bosqiçma-bosqiç bozor mexanizmlarini joriy etiş, sohada xususiy sektorning örnini oşiriş masalalari muhokama qilindi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yangi tizimga muvofiq, köp qavatli uy-joy qurilişi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amalga oşiriladi. Davlat tomonidan yer va ipoteka krediti uçun banklarga mablağ ajratiladi.


















