Qimmatli qoğozlar bozori professional iştirokçisining içki nazorati töğrisidagi nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qimmatli qoğozlar bozori iştirokçilari – bu investitsiya: fondlari, vositaçilari, maslahatçilari; investitsiya aktivlarini işonçli boşqaruvçi; transfer-agentlar va qimmatli qoğozlarning birjadan taşqari savdosi taşkilotçilari. Ularning faoliyati va içki hujjatlari nazorat qilinadi. Bu vazifa investitsiya maslahatçisida taşkilot rahbariga, qolganlarda esa – sub'yektning vakolatli boşqaruv organi tomonidan tayinlangan nazoratçiga yuklatiladi.
Ilgari kim bunday nazoratçi böla olmasligi ma'lum edi (Nizomning 14-bandi). Boşqa tomondan, nazoratçi lavozimiga tayinlanadigan mutaxassis belgilangan malaka talablariga muvofiq kelişi lozimligi belgilangan. Biroq aniqlaştirilmagan edi. Tuzatişlar bu jihatni aniqlaştiradi.
I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional iştirokçi, fond birjasi, boşqa birja fond bölimining nazoratçisi quyidagi talablardan biriga javob berişi kerak:
• moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri böyiça oliy ma'lumotga;
• qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatni amalga oşiruvçi taşkilotlar, fond birjalari, boşqa birjalar fond bölimlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud körsatib ötilgan yönalişlar böyiça davlat boşqaruv organlaridagi işda oxirgi 10 yilda kamida 5 yillik iş stajiga.











