Toşkent şahrida Özbekiston-Şvetsiya ikkinçi biznes forumi ötkaziladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatovning Şvetsiya Qirolligi favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Stokgolm şahrida) Ingrid Tersmann bilan uçraşuvida aytildi.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda Özbekiston-Şvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirişga özaro qiziqiş bildirildi.
Muloqotni qöllab-quvvatlaş maqsadida vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundini 2020 yilning birinçi çoragida Toşkent şahrida ötkaziş masalasini körib çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş, jumladan özaro taşriflar taşkillaştiriş va tajriba almaşişning muhimligi qayd etildi.
Sanoatni rivojlantiriş, korxonalarni xususiylaştiriş böyiça va boşqa davlat dasturlari doirasida Şvetsiya investitsiyalari va yuqori texnologiyalarini jalb qilgan holda özaro tovar ayriboşlaşni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş mexanizmlarining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almaşildi. Mazkur yönalişda aloqalarni faollaştiriş maqsadida 2020 yilda Toşkent şahrida Özbekiston-Şvetsiya ikkinçi biznes forumini ötkaziş masalasini körib çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
Suhbat çoğida xalqaro taşkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.











