Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Konstitutsiya inson huquqlariga sodiqlikni e'lon qilib, demokratiyaga sadoqatni namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etişni közlab qabul qilinganligi körsatilgan.

Şu yil 22 dekabrda bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bölib ötadigan saylov Vatanimiz yangi tarixida ğoyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea bölib hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz kelajagi, yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning sur'ati va davomiyligi, içki va taşqi siyosatimiz saylovçilar qabul qiladigan qarorga boğliq.

Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi asosida amalga oşirilayotgan islohotlar uzviy, bosqiçma-bosqiç va izçil, tadrijiy ravişda davom etmoqda. Eng muhimi Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan islohot yönalişlari özaro uzviy boğliq bölib, bir-birini taqozo etadi. Misol uçun, saylov erkinligini ta'minlamasdan turib davlat va jamiyat qurilişini demokratlaştirişni tasavvur qilib bölmaydi. Yoki bölmasa, saylovçilarning huquqlarini sud tomonidan himoya qilinişini ta'minlamasdan, demokratik saylov tizimini yaratib bölmaydi.

Mamlakatimizda demokratiya va inson huquqlarini, xususan saylovga oid huquqlarni ta'minlaşda xalqaro standartlar muhim manba bölib xizmat qiladi.

Saylovga oid xalqaro standartlar Birlaşgan millatlar taşkiloti (BMT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT), Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) kabi tuzilmalarning bir qator hujjatlarida öz ifodasini topgan.

Saylovga oid muhim qoidalar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida (1948 yil), Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktda (1966 yil), Irqiy kamsitişning barça şakllarini tugatiş töğrisida xalqaro konvensiyada, Irqiy kamsitişning barça şakllarini tugatiş töğrisida BMT deklaratsiyasida, Erkin va adolatli saylov prinsiplari töğrisidagi deklaratsiyasida, YeXHTning Insoniylik mezonlari böyiça Kopengagen hujjati, MDHga iştirok etuvçi davlatlarda demokratik saylovlar, saylovga doir huquqlar va erkinliklar standartlari töğrisidagi Konvensiyada mustahkamlab qöyilgan.

Qayd etiş joizki, ötgan yillar mobaynida milliy saylov qonunçiligimiz uşbu xalqaro saylov standartlariga muvofiq rivojlanmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4004-sonli Qarorida saylovlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş, şuningdek, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarini amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça umume'tirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlarni hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunçiligini bosqiçma-bosqiç liberallaştiriş Özbekiston Respublikasi saylov tizimini yanada takomillaştirişning eng muhim yönalişlaridan birinçisi etib belgilangan.