Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 may kuni «Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonunni imzoladi.

Kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar faqat sudlar tomonidan körib çiqiladi. 

Prezident saylovini ötkaziş böyiça okrug saylov komissiyasi 8–18 a'zodan iborat tarkibda tuziladi (Ilgari 6-8 nafar edi).

Hujjatda qayd etilişiça, endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (maşğulotining turi), iş joyi kiritilmaydi.

Saylovçilar bilan uçraşuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning ötkaziliş joyi va vaqti haqida tegişli tuman (şahar) hokimliklari kamida uç kun oldin yozma ravişda xabardor qilingan holda ötkaziladi.

Şu bilan birga, uşbu ommaviy tadbirlarni ötkaziş uçun ruxsatnoma talab qilinmaydi.