Özbekistonda köçmas mulkka soliq soliş takomillaştiriladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
28 oktabr kuni Davlat soliq qömitasida Rossiya Federatsiyasining professional ta'lim instituti vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Ekspertlar tomonidan Özbekiston Respublikasida işlab çiqilayotgan köçmas mulkka soliq solişni takomillaştiriş konsepsiyasining metodikasi va asosiy bosqiçlari muhokama qilindi.
Uşbu tizimni joriy etişdan asosiy maqsad – mamlakatda köçmas mulkka soliq soliş tizimini optimallaştiriş, tizim şaffof, oşkora va adolatli bölişi uçun yuqori sifatli mexanizmlarni işlab çiqişdan iborat.
Iqtisod fanlari doktori, professor, köçmas mulkka soliq soliş yönalişi böyiça rahbar N.V. Voloviç va institut rektori, loyiha menejyeri Yu.V. Usova DSQning bir neçta boşqarmalari, xususan, strategik rivojlantiriş, jismoniy şaxslarga soliq soliş, yuridik şaxslarga xizmat körsatiş, kameral nazorat va AKT tuzilmalari faoliyati bilan tanişdilar.
Şuningdek, taşrif davomida mehmonlar Özbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi mutaxassislari bilan ham muzokaralar olib borişdi. Bundan taşqari, Moliya vazirligi va hokimiyatda uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Uçraşuvlar yakunlariga köra, aniq tavsiyalar asosida Özbekistonda köçmas mulkka soliq solişni takomillaştiriş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqiladi.












