2019 yilning 30 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Özbekiston-Şveytsariya siyosiy maslahatlaşuvlarining oltinçi raundi bölib ötdi.

Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov, Şveytsariya delegatsiyasiga esa Taşqi işlar federal departamenti (vazirligi) davlat kotibi örinbosari Kristina Marti Lang rahbarlik qildi.

Munosabatlarning konstruktiv va özaro manfaatli ekanligi hamda bu turli daraja va şakllarda muloqotni kengaytirişga imkon berişi qayd etildi. Istiqbolli qöşma loyihalar böyiça batafsil muzokaralar ötkaziş, aniq va qat'iy kelişuvlarga erişişga möljallangan ikki tomonlama biznes tadbirlar taşkillaştiriş uçun delegatsiyalar taşriflarini amalga oşirişga tomonlarning tayyorligi ma'lum qilindi.

Muloqot çoğida parlamentlararo hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilindi. Şveytsariya vakillari, jumladan parlament a'zolari Özbekistonda 22 dekabr kuni bölib ötadigan parlament sayloviga kuzatuvçi sifatida taklif etildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qiliş böyiça kompleks tadbirlar batafsil tahlil qilindi. Özbekiston tomoni Şveytsariyaga töqimaçilik, oziq-ovqat, kimyo va neft-kimyo, sim-ötkazgiç mahsulotlarini yetkazib beriş masalasini körib çiqişni taklif qildi.

Uçraşuvda ilmiy va ta'lim almaşinuvlarini kengaytiriş hamda stajirovkalar taşkil qiliş böyiça takliflar körib çiqildi.

BMT va uning tuzilmalari hamda boşqa xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Maslahatlaşuvlarda Şveytsariya elçisi Olive Şav iştirok etdi.