Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch Markaziy dehqon bozori oldidagi tirbandlik odamlarni qiynab qo‘ymoqda
Xorazm viloyati, Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozoriga olib boradigan qisqa masofali yo‘lda yuzaga kelayotgan juda katta tirbandlik aholi uchun turli noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Tinchlik ko‘chasidagi chorrahadan bozordagi avtotransport vositalarining to‘xtab turish joyigacha bo‘lgan taxminan 400 metr masofadagi yo‘lni bosib o‘tish uchun haydovchilar 10 daqiqa vaqt sarflamoqda.
Muammo har yakshanba kuni ertalab soat 9 dan 13 gacha yuz beryapti. Bu vaqt oralig‘ida bozorga keluvchi odamlar, transport vositalari oqimining keskin oshib ketishi natijasida, yo‘lda katta tirbandlik yuzaga kelyapti.
Yo‘lning har ikkala tomonida to‘xtab turish taqiqlangan. Biroq ba'zi haydovchilar bu qoidaga amal qilishmayapti. Natijada, avtomobillarning qoidaga zid ravishda to‘xtab turishi shundog‘am keng bo‘lmagan yo‘lni yanada toraytirmoqda. Boshqa haydovchilar ularni aylanib o‘tishi uchun qoida buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa avtofalokat yuzaga kelish ehtimolini oshiryapti.
Yo‘lning asfalt qoplamasi ham yemirilib ketgan, chuqurchalar paydo bo‘lgan. Bu ham avtotransport vositalari harakatini yanada sekinlashtiryapti.
Tirbandlikda vaqtini behuda sarflashni istamagan ayrim haydovchilar qoida buzib bo‘lsa-da yo‘ldan qayrilib, orqaga qaytib ketishga majbur bo‘lishmoqda.
Qayd qilish joizki, yo‘l bo‘yida avtobuslarning katta bekati joylashgan. Ichi yo‘lovchilarga to‘la avtobuslarning haydovchilari tirbandlik paytida yo‘lga chiqishga qiynalmoqda. Ularning bekatga kirish va chiqish vaqti ham cho‘zilib ketyapti.
Bozorning avtotransport vositalari to‘xtab turish joyidagi ahvol ham achinarli. Haydovchilar duch kelgan joylarga avtomashinasini qo‘yib ketmoqda. Natijada bu holat boshqa transport vositalarining, odamlarning harakatiga, kirib – chiqishiga salbiy ta'sir qilyapti.
Markaziy dehqon bozori oldidagi yo‘llar transport vositalari va odamlarning yakshanba kuni yuzaga kelayotgan oqimi yuklamasini ko‘tara olmayapti. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining, Markaziy dehqon bozori ma'muriyatining bu muammoga e'tibor qaratishini, yechimini topib, yo‘lovchilarning, haydovchilarning xavfsizligini ta'minlashini, mushkulini yengil qilishini istardik.
Nurmuhammad Said
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01 / 24.07.2025
Mavzuga oid

10:52 / 25.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

12:00 / 05.06.2025
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi

12:19 / 25.11.2024
«Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz» - Shavkat Mirziyoyev

11:17 / 02.10.2024