Fiat Chrysler (FCA) avtomobilsozlik konserni va Peugeot, Citroen va Opel avtomobil brendlarini birlaştiruvçi PSA fransuz guruhi direktorlar kengaşlari ikki kompaniya birlaşişini ma'qullaşdi. Buning natijasida avtomobillar bozorida yangi yetakçi paydo böladi.
FCA va PSA 50/50 asosida töliq birlaşişga kelişib oldi, yaqin haftalarda kompaniyalar hamfikrlik haqidagi memorandumni imzolaşni möljallaşmoqda. Birlaşişdan keyin ikki kompaniya aksiyadorlari birlaşgan kompaniyaning 50 foizdan aksiyalarini olişadi. Yangi kompaniyaga PSA boş direktori Karlos Tavares boşçilik qiladi, Fiat Chrysler boşqaruv raisi Jon Elkan kompaniyaning direktorlar kengaşi raisi böladi.
Tomonlar rejalariga köra, kompaniyalar birlaşişi natijasida bozorda kapitallaşuvi 48 mlrd dollarni taşkil qiluvçi va umumiy tuşumi yiliga 190 mlrd dollargaça yetuvçi avtogigant paydo böladi. Yillik işlab çiqariş hajmi 8,7 mln avtomobilni taşkil qiladigan uşbu kompaniya Volkswagen, Toyota va Renault-Nissan’dan keyin dunyoda eng köp avtomobil işlab çiqaruvçi törtinçi yirik kompaniyaga aylanadi.

















