«Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işining ba'zi tafsilotlari oşkor qilingan edi. Endi esa fuqarolar körgan zararlar qoplanmasligi, pullarini qaytarişning iloji yöqligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Ularda bandlik agentligi ta'sisçilaridan biri sifatida aytilayotgan «JOINT-BUSINESS-GROUP A» şirkati javobgarlikka tortilmayotgani, barça ta'sisçilari işga guvoh sifatida çaqirilayotgani aytilmoqda.
Uşbu masala yuzasidan Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tergov guruhi jinoyat işining qöşimça tafsilotlarini ma'lum qildi.
«Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ haqida turli gaplar tarqalmoqda. Jumladan, agentlik ta'sisçisi hisoblangan «JOINT BUSINESS GROUP A» MÇJ mansabdor şaxslari agentlikka fuqarolar tomonidan tölov qilingan pullarini egallab olgani, mazkur jamiyatning hisob raqamida 240 mln söm miqdordagi pul mablaği borligi, dastlabki tergov organi tomonidan jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar örnini qoplaşga qaratilgan biror-bir harakat amalga oşirilmayotgani töğrisida maqolalar çiqdi.
Tergov departamenti tomonidan «JOINT BUSINESS GROUP A» MÇJ boş direktori Ğ.A. söroq qilinganda, u öz körsatuvida «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJga 460 000 000 söm miqdordagi pul mablağlari bilan ta'sisçi sifatida kirganini, söng agentlik rahbari Ş.Z.Fayzullayev bilan özaro kelişmovçilik kelib çiqqani va şu munosobat bilan 2019 yil 30 yanvar kuni 1-sonli ta'sisçilar yiğiliş bayonnomasiga asosan agentlik ta'sisçiligidan çiqqani, agentlik öz navbatida Ğ.A.ga ustav fondiga kiritgan pullaridan 70 mln sömini ustav hisobidan va 240 mln sömni moddiy yordam tariqasida qaytargani, hozirgi kunda agentlik unga yana 150 mln söm qaytarişi lozimligini körsatgan.
Bundan taşqari, dastlabki tergov davomida Ş.Z.Fayzullayevga tegişli bölgan Toşkent şahridagi 4ta xonadon, Toşkent viloyatidan 1 xonadon, jami 4ta avtomaşina aniqlanib xatlangan. Şuningdek, Taşqi mehnat migratsiyasi depozit hisob raqamida mavjud bölgan va «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJga tegişli 50 000 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlariga band solingan.
Jinoyat işi böyiça hujjatli taftiş tayinlangan va taftiş yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi», – deyiladi berilgan ma'lumotda.
Bundan avvalroq, «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslari 2018 yil noyabr oyidan 2019 yil sentyabriga qadar Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litva davlatlariga yuborib, işga joylaştirişni va'da qilib, har bir fuqarodan taklif etilgan iş turidan kelib çiqib, 11,5 mln sömdan 35 mln sömgaça bölgan pul mablağlarini jamiyatning bankdagi hisob raqamiga ötkaziş orqali qölga kiritib, şu kunga qadar ularni işga joylaştiriş çoralarini körmasdan, fuqarolarning 20 milliard sömdan ziyodroq juda köp miqdordagi pullarini firibgarlik yöli bilan egallab olişgani aniqlangani haqida xabar qilingandi.

















