Çernobildagi yopiq hududga joriy yilning 10 oyi davomida 107,6 ming kişi keldi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 74,9 foizga köpdir.
Ukraina yopiq hududni boşqariş böyiça davlat agentligining xabariga köra, bu yangi rekord hisoblanadi.
Taşrif buyuruvçilarning aksariyati xorijdan – ular qariyb 80 foizni taşkil etadi.
Rekordçi davlatlar - Buyuk Britaniya (15738 kişi), Polşa (9378 kişi), Germaniya (7826 kişi), AQŞ (5580 kişi), Çexiya (4063 kişi).
Agentlikning qayd etişiça, sayyohlar taşrifi ösişi bahorda boşlangan va bunga HBO kompaniyasining "Çernobil" mini-seriali, "elektron çipta" tizimining joriy etilişi, qöşimça infratuzilmaning yaratilişi va yangi yönalişlarning oçilişi sabab bölgan.

















