Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindilarni qayta ishlash: 9 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ish 3 yilda amalga oshiriladimi?
31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.
Majlisda deputat Islom Xushvaqtov hukumatning hisobotida 2019 yilning 9 oyida davomida respublikadagi 9 ta klaster va 210 ta chiqindilarni qayta ishlash korxonalari tomonidan 1,3 mln tonnaga yaqin maishiy chiqindilar qayta ishlanib, 1,1 mln tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgani, chiqindilarni qayta ishlash darajasi 9 foizdan 20 foizga yetkazilgani qayd etilgani, Harakatlar strategiyasida qayta ishlash darajasi 3 yildan keyin 25 foizga yetkazilishi belgilangani, agar bu statistik ma'lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, 9 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ish 3 yilda amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidladi.
Shundan kelib chiqqan holda deputat Harakatlar strategiyasida yoki rejalar kamaytirilib ko‘rsatilgani, yoki Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 9 oylik hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar oshirib ko‘rsatilganini aytdi va hukumatdan bunga aniqlik kiritishni so‘radi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayevning ma'lum qilishicha, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘maklashish bo‘yicha yanada samarali tizimni yaratish borasida bir qator davlatlar, jumladan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Singapur, Rossiya hamda Belarus Respublikasi tajribalari o‘rganilgan. O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan 2019–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasida bevosita 2028 yilgacha bo‘lgan davrda maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq, ularni utilizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘ktam O‘tayevga ko‘ra, mazkur sohaga davlat budjeti hisobidan 1 mlrd 752 mln so‘m, xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan 7 mlrd 836 mln so‘m, Davlat ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 624 mln so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan 625 mln AQSh dollari, grant mablag‘lari hisobidan esa 1 mln 350 ming AQSh dollari hamda tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 982 mln so‘mlik mablag‘lar ajratilgan.
“Hisobotlardagi raqamlar prognoz ko‘rsatkich bo‘lib, istiqbolni belgilash borasida qo‘mita tomonidan prognoz qilinyapti. Ayrim ko‘rsatkichlarga yetishimiz yoki ayrimlarini orttirib ko‘rsatishimiz mumkin. Lekin biz dasturda ko‘rsatilgan mablag‘larning hammasini shu sohaga yo‘naltirib, ko‘rsatilgan foizlarni o‘z vaqtida bajarishga harakat qilamiz. Biroq sizning “9 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ish 3 yilda erishamizmi?” degan savolingizga javoban aytamizki, buni vaqt ko‘rsatadi. Shaxsan men bu narsaga sizga kafolat berolmayman”, deya O‘ktam O‘tayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
09:51 / 16.01.2026
Chiqindi xizmati qarzdorligi: ommaviy SMS-ogohlantirish boshlandi
10:16 / 12.12.2025
Chiqindidan qarzdor qariyb 205 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov o‘rnatildi
10:18 / 02.11.2024