Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Rumas: «ShHT doirasida atom energetikasi va yadro xavfsizligi bo‘yicha doimiy uchrashuvlar zarur»
Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yirik tadbirda Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron hukumatlari rahbarlari ham ishtirok etmoqdalar.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, Belarus respublikasi bosh vaziri Sergey Rumas ShHT hukumat rahbarlarining uchrashuvida so‘zlagan nutqida bir necha dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi:
“To‘laqonli oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash ShHT hududidagi xavfsizlikni rivojlantirishda muhim omil sanaladi. ShHT shafeligida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘zaro manfaatli savdo qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taklif etamiz.
Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirayotgan Belarus yadro xavfsizligi mustahkamlash, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlikni faollik bilan rivojlantirmoqda.
Mavzuning dolzarbligini hisobga olib, atom energetikasi va yadro xavfsizligi masalasida ShHT doirasida doimiy uchrashuvlar mexanizmini yaratish vaqti keldi, deb o‘ylayman”, - dedi Rumas.
Mavzuga oid
16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin
15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
11:13 / 12.09.2022
Shavkat Mirziyoyev: ShHT ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim
07:50 / 12.09.2022