Toşkent şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uçraşuvi bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, tadbirda ŞHT boş kotibi Vladimir Norov sözga çiqib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yölining qurilişi istiqbolda transport tarmoğining muhim böğiniga aylanadi, deb hisoblaymiz. Mintaqaviy magistrallarni qurişda ŞHT Afğoniston aloqa guruhi imkoniyatlaridan foydalangan holda Afğonistonni ham jalb etiş muhim.

ŞHT hududi raqamlaştiriş, telekommunikatsiya texnologiyalari va işlab çiqarişning yangi texnologiyalari, robototexnika, sun'iy idrok kabi sohalarda yetakçi örinni egallaşi lozim. 

Elektron savdo hajmining milliy, mintaqaviy va global darajalarda faol ösişini hisobga olib, ŞHT doirasida ana şu istiqbolli yönalişda hamkorlik dasturini qabul qiliş masalasi yuzaga keldi.  

Turizm ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning muhim omiliga aylandi. Smart turizm, onlayn tölovlar, madaniy obektlar raqamlaştirilişining tatbiq etilişi ŞHT mamlakatlarida turizm sanoatini rivojlantirişda qöşimça turtki bölib xizmat qiladi”, - dedi Norov.

Bundan oldin, Toşkentda ŞHT hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişi bölib ötayotgani xabar berilgandi.