«Toşkent Botanika boği»ning Toşkent şahri hokimligi balansiga ötkazilişi, boşqa vazirlik yoki idoraga berilişi mamlakatimizda botanika sohasidagi fundamental tadqiqotlarning jiddiy susayişiga hamda mintaqadagi ilmiy pozitsiyaning kuçsizlantirilişiga olib keladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq, Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda «Akademik F.Rusanov nomidagi Botanika boği faoliyatini takomillaştiriş, şu jumladan, ilmiy salohiyatini kuçaytiriş, moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, hududlarda ularning tajribasini qöllaş va filiallarini taşkil etiş» böyiça qaror loyihasini kiritgan.

Loyihada Botanika boğining mavjud ösimlik turlari tarkibini boyitiş, sun’iy yaratilgan şaroitlarda yetiştiriladigan yovvoyi holda ösuvçi hamda çet el floralariga mansub introdusent ösimliklar turlarini köpaytiriş, mintaqaning tabiiy-iqlim şaroitlaridan kelib çiqqan holda turli sohalarda foydalaniş uçun tajriba hamda realizatsiya qiliş köçatxonalarini taşkil etiş, Özbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan, noyob va yöqolib borayotgan Özbekiston florasi turlarini saqlaş va tabiiy şaroitga reintroduksiya qiliş, mahalliy va iqlimlaştirilgan dorivor ösimliklar genofondini saqlaş va boyitib boriş közda tutilgani aytilmoqda. 

Ma’lumot uçun, Toşkent Botanika boğiga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslaştirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943 yilda asos solingan. Umumiy maydoni 66 gektardan iborat bölgan boğda turli mintaqalardan jamlangan 2400 dan ortiq ösimlik turlari va navlari östirilmoqda. Mavjud ilmiy kolleksiyalarning salmoğiga köra Markaziy Osiyoda yetakçilik qiladi. 

Botanika boği 118 ta davlatdagi 800 ta botanika boğlari bilan iş olib boruvçi hamda ösimliklarni saqlab qoliş böyiça özaro hamkorlikni ta’minlovçi dunyodagi eng nufuzli Xalqaro Botanika boğlarini himoya qiliş (BGCI, London) taşkilotiga a’zodir.