“Yuventus” hujumçisi Kriştianu Ronalduning sartaroşi Rikardo Markes Ferreyra Şveytsariyadagi mehmonxonalardan birida şafqatsiz tarzda öldirib ketildi. Erkakning jonsiz tanasi 2 noyabrda topilgan.

Mundo Deportivo naşri ma'lumotlariga köra, jonsiz Ferreyrani Tsyurixdagi mehmonxonaning xonani tozalaşga kelgan xodimasi aniqlagan. Sartaroşning qonga belangan jonsiz tanasi piçoqdan olingan jarohat alomatlari bilan karavotda yotgan bölgan. 

Xodimaning aytişiça, u xonaga kirganda u yerdan spirtli içimlik hidi anqib turgan va xona qonga belangan bölgan. Politsiya jinoyatni sodir etgan kimsalarni  qidirmoqda.

Rikardo Markes oxirgi ikki yil davomida Şveytsariyada yaşagan. Uning mijozlari orasida Ronaldudan taşqari portugaliklik bir neça model va aktrisalar bölgan.