Özbekistonning Aqtau şahridagi (Qozoğiston) Boş konsulxonasi ma'lumotiga köra, 2019 yil 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20da Manğistau viloyati hududidagi Tajyen–Beyneu avtomobil trassasida Özbekiston fuqarosi J.J. boşqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uçradi.
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, yöl-transport hodisasi natijasida Özbekiston fuqarosi Ş.X. vafot etdi.
Haydovçi va boşqa 5 nafar vatandoşimiz yengil jarohatlar olgan va davolanişga muhtoj emas.
Beyneu tumani Işki işlar bölinmasi yöl-transport hodisasi yuzasidan tergov işlarini olib bormoqda.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozoğistonning tegişli idoralari bilan tezkor aloqa örnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoşlari va döstlariga ta'ziya izhor etgan va Qozoğistonning Aqtöbe, Atirau, Manğistau va Ğarbiy Qozoğiston viloyatlarida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau şahridagi Boş konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan.












