– Özbekiston qonun çiqariş amaliyotida, qonunlarni tayyorlaşda nimalar qiliş kerak? Bu borada tajribangiz bor, yaqinda parlamentga saylovlar böladi. Yangi parlamentga qanday tavsiyalar yoki orzu-istaklaringizni bildirgan bölar edingiz?
– Klassik ravişdagi parlamentning 3ta vazifasi bor. Bular:
• Qonunçilik, ya'ni qonun işlab çiqiş;
• Budjet(ni taqsimlaş va nazorat qiliş);
• Nazorat, ya'ni amalga oşirilayotgan qonunlar ijrosini nazorat qiliş vazifasi.
Agar, bu sohalarda parlament a'zolari heç narsani tuşunmasa, biz unday insonni parlament a'zosi sifatida saylaşimiz kerak emas.
1990-1994 yillarda Özbekiston Ⅻ çaqiriq Oliy kengaşi deputati bölgan A'zamxöjayev deputatlikka nomzodlar saylovçilarga turli xil va'dalar beriş, ijtimoiy muammolarni hal qiliş bilan emas, balki ayni muammolarni hal eta oladigan qonunlarni işlab çiqişi va ijrosining nazorati bilan şuğullanişi darkorligi, buning uçun parlamentda professional mutaxassislar köp bölişi talab etilişi haqida gapirdi.
– Ilgari, sobiq ittifoq davrida, parlamentlar umuman işlamagan, parlamentga a'zo bölgan nomzod (deputat) köçama-köça, uyma-uy yurib, yondaftarçasiga yozib yurardi – «bu köçaga ariq ötkaziş kerak», «bu köçaga telefon qutisi örnatiş kerak», «u köçaga sim tortiş kerak».
Yöq, deputatning işi emas bu. Deputatning işi – u yoki bu qonun qabul qilinişi jarayonida saylovçilarning manfaatini himoya qiliş. Ya'ni, deputat Olmazor tumani, Qoraqamiş saylov okrugidan saylangan bölsa, saylovçilar bilan uçraşuv çoğida olgan takliflarini amalga oşirib, şu işlar keskin va uyğunlikda hal bölişi uçun qonunni çiroyli qilib yaratib berişi şart.

Deputatning asosiy işi zamin yaratib beriş. Tadbirkorlar, işbilarmonlarga şunaqa zamin yaratib berginki, ular heç narsaga muhtoj bölmasin. Mana deputat nima bilan şuğullanişi lozim. Şuning uçun, bizda parlament safida, fikrimça, tajribali yuristlar, tajribali iqtisodçilar köproq bölişi kerak. Haqiqatan ham professional parlamentariylar bölişi kerak. Parlamentga hozirgi dolzarb mavzularni tuşunadigan, uning yeçimini topa oladigan insonlar özining nomzodini qöysa, albatta, bu maqsadga muvofiq bölardi.
















