O‘zbekistonda mobil telefonlar va SIM-kartali planshetlarning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida hamon turli savollar va tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Quyida qurilmaning IMEI-kodini tekshirish va qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkinligini oddiy tarzda tushintirib o‘tamiz.

IMEI-kodni qanday bilish mumkin?

Buning uchun telefon yoki planshetingizda *#06# kombinatsiyasini tering. Shunda ekranda gadjetingizning IMEI-kodi paydo bo‘ladi. Agar ikkita SIM-kartali telefon yoki planshet ishlatsangiz, ikkita IMEI-kod ko‘rinadi: har bir SIM-karta uyasi uchun alohida raqam.

Bundan tashqari, ba'zi telefonlarda IMEI-kod qurilmaning orqa tomoniga yozib qo‘yilsa, yana ayrimlarida SIM-karta uyasida keltirilgan bo‘ladi. Mobil qurilmangiz qadog‘i yoki hujjatlarida ham IMEI-kodni ko‘rishingiz mumkin.

IMEI-kodi ro‘yxatga olinganini qanday tekshirish mumkin?

Buni ikki usulda – SMS yoki USSD so‘rovlari orqali bilish mumkin.

USSD so‘rovda quyidagilarni bajarasiz:
1. Mobil qurilma klaviaturasida *1170# kombinatsiyasini tering.
2. Tilni tanlang.
3. “IMEI-kod tekshirish” xizmat turini tanlang.
4. IMEI-kodni kiriting.
5. SMS javobni kuting.

SMS so‘rovi tartibi esa quyidagicha:
1. SMS orqali 1170 raqamiga IMEI-kodni yuboring.
2. SMS javobni kuting.

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

 Agar mobil qurilmangiz ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, uni USSD yoki SMS so‘rovi, uzimei.uz sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki hududiy pochta aloqa bo‘limlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Bu usullardan o‘zingizga qulay va ma'qul kelganini tanlab, jarayonni bajarsangiz kifoya.

SMS orqali ro‘yxatdan o‘tkazish:

1. IMEI-kodi/kodlari, JShShIR, pasport seriya va raqamini 1170 qisqa raqamiga yuboring. JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JShShIR o‘zgarmaydi. Uni aniqlash qiyin emas, quyidagi suratga qarang.