Özbekistonda «Ma'naviyat fidoyisi» kökrak nişoni ta'sis etildi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining «Ma'naviyat fidoyisi» kökrak nişonini Özbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topşiriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Belgilab qöyilişiça, «Ma'naviyat fidoyisi» kökrak nişoni bilan mukofotlaş Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining qarori asosida amalga oşiriladi.

«Ma'naviyat fidoyisi» kökrak nişoni töğrisidagi nizomga köra, kökrak nişoni bilan respublikada ma'naviy-ma'rifiy işlarni amalga oşiriş, yuksak ijtimoiy-ma'naviy muhitni şakllantiriş borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erişgan fuqarolar taqdirlanadi.

Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin.

Hududiy davlat organlari, taşkilotlar va jamoat birlaşmalari har yili 1 iyunga qadar kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni tegişliça Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bölimlariga taqdim etadi.

Respublika davlat organlari, taşkilotlar va jamoat birlaşmalari har yili 1 iyunga qadar kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga taqdim etadi.

Nomzod böyiça taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma'lumotnoma, sönggi uç yil davomida u tomonidan jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy işlarni amalga oşiriş, yuksak ijtimoiy-ma'naviy muhitni şakllantiriş borasida amalga oşirilgan işlar taqdim etiladi.

Kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti beriladi.

Biryöla tölanadigan pul mukofoti Markazning budjet va budjetdan taşqari mablağlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi. 

Bir şaxs kökrak nişoni bilan bir marta taqdirlanadi. Kökrak nişoni davlat mukofotlaridan keyin kökrakning çap tomoniga taqiladi.