Bugun, 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida «Qonun ustuvorligi va din» mavzusida xalqaro seminar iş boşladi. Tadbirda turli davlatlardan, har xil soha va din vakillari iştirok etişdi.
Köpçilikning diqqatini minbarga birgalikda sözga çiqqan imom va pastor tortdi. Ular navbat bilan, bir-birlarini hurmat qilgan holda bir narsani ta'kidlaşdi.
«Biz döstim bilan turli din vakillari bölsak-da, muştarak fikrlarga egamiz. Hamkorlikda qator loyihalarni yuritamiz, jumladan, şifoxona faoliyatini olib boramiz, xayriya işlarini nazorat qilamiz», – dedi imom Muhammad Majid.
«Muhammad mening eng yaqin döstlarimdan biri. Töğri, biz turli din vakillarimiz va e'tiqodimizda katta farqlar mavjud. Ammo qator umumiyliklar ham bor – bu bağrikenglik va ezgulik. Biror din yöqki bu jihatlarni tarğib qilmasa» – deydi pastor Bob Robers.
Tadbirni boşqargan moderator, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinçi örinbosari Akramjon Ne'matov bu holatni dinlararo hamjihatlikning yorqin namunasi deya baholadi.
















