Turkiyaning Izmir sudi 2016 yil davlat töntaruviga urinişga aloqadorlikda ayblangan amerikalik pastor Endryu Bransonni 3 yil bir oy 15 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilib, uni uy qamoğidan ozod etdi. Bu haqda NTV telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, sud Branson hibsda uşlab turilgan vaqtni hisobga olib, undan barça ehtiyot çoralarini, jumladan mamlakatni tark etiş taqiqlovini bekor qilgan.

Bransonning özi esa sönggi sözida “Men aybdormasman, Turkiyani yaxşi köraman va oqlanişni istayman”, deb aytgan. Avvalroq sud Branson advokatlarining uni uy qamoğidan ozod qiliş haqidagi apellyatsiyasini 3 marta rad etgandi.
Oxirgi vaqtda Vaşington va Anqara örtasidagi munosabatlar jumladan Bransonning hibsga olinişi sababli yomonlaşgan. AQŞ moliya vazirligi avgust boşida Bransonning hibsga olinişi böyiça Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va içki işlar vaziri Sulaymon Soyluni “inson huquqlarini jiddiy buzişlarda” ayblab, ularga qarşi sanksiyalar kiritgan.
Avvalroq Turkiya va AQŞ örtasida Branson böyiça maxfiy kelişuvga kelingani ma'lum qilingandi. Unga köra, Turkiya Bransonni ozod qiladi, AQŞ esa buning evaziga Turkiyaga iqtisodiy bosimni zaiflaştiradi.

















