AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin agar amerikalik pastor Endryu Branson ozod etilmasa, Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritişga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar berdi Blumberg.

Bir oz avval AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens Turkiyani "Trampning sabrini sinamaslik" haqida ogohlantirgan va Endryu Bransonni ozod qilişga çaqirgandi.

"Pastor Endryu Branson — Turkiyada tutib turilgan aybsiz inson. Prezident va men pastor Branson ozod etilib, AQŞdagi oilasi, döstlari va çerkoviga qaytmagunça fikrimizda qat'iy turamiz", — deb yozdi Pens özining Twitter sahifasida.

Davlat departamenti vakili Xizer Nauert AQŞ va Turkiya örtasida pastorning taqdirini muhokama qiliş böyiça hozirça uçraşuv rejalaştirilmaganini ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya sudi Endryu Bransonni uy qamoğidan ozod qiliş böyiça rad javobi bergani xabar qilingandi.