2019 yilning 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Özbekiston-Norvegiya vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining ikkinçi raundi bölib ötdi.
Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov, Norvegiya delegatsiyasiga esa Taşqi işlar vazirligi davlat kotibi Audun Halvorsen rahbarlik qildi.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta'lim va inson huquqlari sohalaridagi ikki mamlakat munosabatlari jarayoni körib çiqildi, Özbekiston va Norvegiya örtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Sönggi vaqtlarda Özbekiston-Norvegiya muloqotining faollaşgani qayd etildi hamda şu munosabat bilan hamkorlikni institutlaştiriş, xususan, tenglik asosida ikki mamlakat parlamentlarida hamkorlik böyiça guruhlar taşkil etiş, Ombudsman institutlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş böyiça takliflar bildirildi. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya ta'sis etiş istiqbollari körib çiqildi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari global va mintaqaviy xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almaşdilar.
Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaş böyiça mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş» va «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» rezolyutsiyalari hamda Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik trast fondining faoliyatini qöllab-quvvatlagani uçun Norvegiya tomoniga minnatdorlik bildirildi.
Uçraşuv yakunida taşqi işlar vazirliklari örtasidagi muloqotni muntazam ravişda davom ettirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ma'lum qilindi.
Muzokaralarda Norvegiyaning Özbekistondagi elçisi Ole Johan Bjornoy iştirok etdi.












