Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMU rektori Yaponiyaning faxriy unvoni bilan taqdirlandi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avaz Marahimov Yaponiyaning OTMning faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zMU rektori boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga tashrifi doirasida Soka universiteti bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat universitetlari o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanishlarni birgalikda olib boradi.
Bundan tashqari Termiz va Axsikentda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda arxeologik va etnografik ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga ham kelishildi.
Tashrif doirasida “Soka Gakkay Interneshnl” prezidenti Daysaku Ikeda O‘zMUning “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026