Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi

Foto: KUN.UZ
Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan.
Toshkent teleminorasi 3ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega obekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.
Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibining bekor qilinishi natijasida mahalliy va xorijiy turistlar soni ortishi aytiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
-
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Jahon | 19:34
-
Estoniyada vertolyot Boltiq dengiziga qulab tushdi
Jahon | 19:25
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

11:06 / 05.07.2025
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025