Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vologda gubernatori o‘rinbosari Toshkentda yog‘ochli binolar barpo etishni taklif qildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Rossiyaning Vologda oblasti gubernatori o‘rinbosari Vitaliy Tushinov Toshkentda yog‘ochli binolar barpo etishni taklif qildi. Bu haqda u Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Muloqot davomida qayd etilishicha, Vologda oblasti bilan o‘zaro tovar aylanmasi 100 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bu ko‘rsatkichni kamida besh barobar ko‘paytirishga imkoniyat hamda sharoit yetarlidir.
Vologda oblasti gubernatori o‘rinbosari Vitaliy Tushinov savdo-iqtisodiy, sanoat va qurilish yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha mulohazalarini bayon etdi. Qurilishda yog‘ochli binolar barpo qilish taklifini bildirdi. Shuningdek, taxtani qayta ishlash, qandolatchilik, ekologik toza kiyimlar ishlab chiqarish hamda baliqchilik bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish ikki tomon uchun ham ahamiyatli ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:44
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
22:38 / 23.05.2026