Milliy gvardiya organlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatişlar kiritildi.

 Norma’ning yozişiça, MJTKga yangi ikkita modda kiritildi. Ularda Milliy gvardiya harbiy xizmatçisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning öz xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun jarimalar nazarda tutilgan. Mazkur holatda Milliy gvardiya organlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziladi, bunday işlar ma'muriy sudlarda körib çiqiladi.

Şuningdek, huquqbuzarlikni sodir etiş sabablarini hamda uni sodir etişga olib keluvçi şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan Milliy gvardiyaning yozma taqdimnomalarini bajariş çoralarini körmaslik ma'muriy jazo çorasi qöllanilişiga sabab böladi (MJTKning 196-moddasi).

 Idora xodimlariga quyidagi huquqlar berildi:

yuridik şaxslarning qöriqlanadigan obektlari va boşqa xil mol-mulkiga tajovuz qilgan huquqbuzarlarni Milliy gvardiya organlariga uşlab keltiriş;

MJTKning 61- (Oz miqdorda talon-toroj qiliş), 185-1 (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi), 194-1 (Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatçisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-1 (Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatçilarining (xodimlarining) öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş, 198- (Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş) va 210-1-moddalari (Öta muhim va toifalangan obektlarga kiriş-çiqiş rejimini buziş yoki uşbu obektlarning qöriqlanişini ta'minlaşga doir majburiyatlarni bajarmaslik) böyiça aybdorlarni ma'muriy yöl bilan uşlab turiş;

şaxsiy körikdan ötkaziş va aşyolarni közdan keçiriş.

 Boşqa tuzatişlar qatori organning huquqbuzarliklarning oldini oliş sohasidagi vakolatlari aks ettirildi; xodimlarning siyosiy partiyalarga a'zo bölişi taqiqlandi; Milliy gvardiyaning qöriqlaş bölinmalari – yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğini tölaşdan, ularning xizmatlari esa QQSdan ozod etildi.