Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Noşirlik faoliyati töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi yoşlarning ma'naviy-ma'rifiy, estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni naşr etiş, kitoblarni qulay narxlarda joylarga yetkazib beriş, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qiliş, ösib kelayotgan avlodda bolalikdan kitobga mehr uyğotiş, ularda elektron kitoblarni öqiş qobiliyatini şakllantiriş, umuman mutolaa hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişda muhim huquqi asos vazifasini bajaradi.
Qonun loyihasidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni asosida tartibga solinuvçi va “Noşirlik faoliyati töğrisida”gi Qonunda takrorlangan normalar çiqarildi, yuridik texnikasi qoidalari nutqai nazaridan hamda tahririy jihatidan 50 dan ortiq tuzatişlar kiritildi.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi noşirlik faoliyatini litsenziyalaş tartiblarini soddalaştiriş, axborot-kutubxona muassasalari va taşkilotlarga naşrlarning majburiy bepul nusxalarini taqdim etişni tartibga soliş yöli bilan milliy bosma naşrlar fondi rivojlanişining huquqiy asoslarini şakllantirişga xizmat qiladi. Noşirlik faoliyati sub'yektlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş usullarini aniqlaş bilan birga, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Deputatlarning fikriça, mazkur qonun loyihasi noşirlik sohasi ahvolining statistikasini şakllantiriş va rivojlaniş dinamikasini rejalaştirişni ta'minlaş, xalqaro standartlarga muvofiq işlab çiqarilayotgan bosma mahsulotlarning hisobi yuritilişini taşkil qiliş imkonini beradi.











