«Terrorçi buzuq ğoya uçun közini pirpiratmay begunoh odamlar qonini tökadi. Musulmon esa terrorçi böla olmaydi. Islom va terrorçilik örtasida parallellar ötkazuvçi Ğarb öz davlatlaridagi vaziyatga boqişi lozim. «Islom terrorçiligi» tuşunçasi mavjud emas. Terrorçilarni Ğarbda izlaş kerak», deb aytgan Erdöğan Anqara universitetining dinşunoslik fakulteti xodimlari bilan uçraşuvda.
Turkiya prezidentining ta'kidlaşiça, islomni niqob qilib terrorçilik faoliyatini amalga oşiruvçilar aslida islom dini duşmanlari hisoblanadi.
Erdöğan, şuningdek, IŞID yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning yöq qilinişiga töxtalib ötgan.
«AQŞ al-Bağdodiy özini tunnelda portlatganini aytmoqda. Şu bilan birga IŞID yetakçisining yöq qilinişi katta kölamli axborot kampaniyasiga aylantirildi», deb ta'kidlab ötgan Turkiya rahbari.
Uning aytişiça, Turkiya avvalroq al-Bağdodiyning rafiqalaridan birini qölga olgan, biroq buning atrofida şov-şuv kötarmagan.
«Uning qölga olinganini bugun birinçi marta ma'lum qilmoqdaman. Turkiya, şuningdek, Suriyada IŞID yetakçisining singlisi va kuyovini ham qölga olgan», deb ta'kidlab ötgan Erdöğan.
Erdöğan muxolifatçi Fathulla Gulenning FeTO taşkilotidan solinayotgan tahdidga e'tibor qaratgan.
“FeTOning maqsadi va mohiyatini tuşuniş uçun bu jinoiy taşkilot yetakçisi qayerdaligi va unga kim panohlik qilayotganiga e'tibor qarating”, deb aytgan Erdöğan AQŞni nazarda tutib.
Erdöğan Turkiya bugungi kunda xorijning kuçli bosimiga qarşilik körsatayotganini ta'kidlab ötgan.
«Anqara ötmişdagidek öz pozitsiyadan qaytiş istagida emas. Biz bunga yöl qöya olmaymiz va qat'iyat hamda jur'at körsatişimiz lozim», deb qöşimça qilgan Turkiya rahbari.












