Murodov UFC’dagi ikkinçi jangini ligada 2013 yildan beri iştirok etuvçi amerikalik Trevor Smitga qarşi ötkazadi. Özbek jangçisi tegişli şartnomani 6 noyabrda imzoladi. Jangning özi esa 8 dekabrda Vaşingtondagi musobaqa doirasida bölib ötadi. 

Murodov amerikalik maşhur boksçi Floyd Meyvezer jamoasi a'zosi hisoblanadi. U öz vaqtida Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida iştirok etgan. Mahmudning UFC’dagi debyuti sentyabrda Kopengagendagi musobaqada bölib ötgandi. U öşanda italiyalik raqibi Alessio Di Kiriko ustidan hakamlarning bir ovozlik qarori bilan ğalaba qozongandi.

29 yoşli sportçimizning navbatdagi raqibiga kelsak, 38 yoşli amerikalik UFC’da 11 ta jang ötkazib, ulardan 5 tasida ğalaba qozongan, 6 tasida, jumladan oxirgi ikki jangida mağlub bölgan.