Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Elyor Ğaniyevning 5 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Şanxay şahriga amalga oşirgan taşrifi davomida Özbekistondan Xitoyga yeryonğoq eksport qiliş böyiça fitosanitariya talablari va nazorati töğrisidagi bayonnoma imzolandi.

Uşbu bayonnoma asosida Özbekistonning eksport korxonalari yeryonğoqni Xitoyning bir qator talablarini bajargan holda eksportni amalga oşirişi mumkin.
Asosiy talablar bu, Xitoyga Özbekistondan eksport qilinadigan yeryonğoq Xitoyning barça fitosanitariya va oziq-ovqat xavfsizligiga tegişli qonun hujjatlari, qarorlari va milliy oziq-ovqat xavfsizlik standartlariga muvofiq bölişi, Xitoy tomoni uçun xavfli bölgan karantin ostidagi zararkunandalardan xoli bölişi lozim.

Özbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan yeryonğoqni yetiştiriş, qayta işlaş va saqlaşdan tortib, butun jarayon patogen mikroorganizmlar, biotoksinlar, zaharli va zararli moddalar bilan ifloslanişining oldini oliş uçun ikkala tomonning tegişli nazorat va fitosanitariya talablariga javob berişi kerak.
Xitoyga eksport qilinadigan Özbekiston yeryonğoği Xitoyning kiriş portlariga yetkazilganidan söng, Xitoy tomoni qonuniga muvofiq tekşiriş va karantin nazoratini amalga oşiradi.
Agar yeryonğoqlar röyxatga olinmagan işlab çiqariş, qayta işlaş va saqlaş korxonalaridan kelgani aniqlansa, ularning Xitoyga kirişiga yöl qöyilmaydi.
Yeryonğoqni eksport qiluvçi korxonalarda işlab çiqariş, qayta işlaş va saqlaşda zararli organizmlar monitoringi va nazorati Özbekiston tomoni vakolat bergan xodimlar nazorati ostida ötkazilişi lozim.
Özbekiston tomoni röyxatdan ötkaziş uçun asosiy talablarga javob beradigan işlab çiqariş, qayta işlaş va saqlaş korxonalarini röyxatdan ötkazadi va Xitoy tomoniga tavsiya qiladi, ular Xitoy tomonidan tasdiqlanib röyxatdan ötkaziladi. Röyxatga oliş töğrisidagi ma'lumotlar korxonaning nomi, röyxatdan ötkaziş raqami, röyxatdan ötgan manzili va korxona turini öz içiga olişi kerak.
Yeryonğoqning Xitoyga eksportini amalga oşiriş istagini bildirgan işlab çiqariş korxonalari «Özboşdavkarantin» inspeksiyasiga murojaat qilişlari mumkin.











