«Joriy yil may oyidan boşlab Xitoy bozoriga Özbekistonda yetiştirilgan yeryonğoqni eksport qilişni boşlagan «Global Export Company» MÇJ va Xitoyning yirik distribyuterlik kompaniyasi örtasida imzolangan şartnomaga köra Xitoyga 1 million AQŞ dollari miqdoriga teng mahsulot yetkazib berildi», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Xitoy nafaqat yeryonğoq yetiştiriş böyiça dunyo yetakçisi, balki uning yirik iste'molçisi ham hisoblanadi. Masalan, 2019 yilda Xitoyning tozalangan yeryonğoq importi hajmi 405 ming tonnani taşkil etgan. Bu 285 million AQŞ dollari miqdoriga teng.
Senegal, Efiopiya, Sudan, Hindiston va AQŞ Xitoy bozoriga yeryonğoq yetkazib beradigan asosiy mamlakatlar edi. Endi esa Xitoyga yeryonğoq yetkazib beradigan eksportçi davlatlar qatoriga Özbekiston ham qöşildi.
2019 yil noyabr oyida Özdavkarantin va Xitoy boş bojxona boşqarmasi örtasida Xitoyga özbek yeryonğoği eksport qilinişiga qöyiladigan fitosanitar talablar töğrisida protokol imzolangandi. Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi kömagida imzolangan bu kelişuv yeryonğoq eksporti böyiça yönaliş oçilişiga imkon yaratdi.
Özbekiston elçixonasining ma'lumot berişiça, Xitoy bozariga jami 14 turdagi mahsulotlar eksportini közda tutadigan fitosanitariya talablari böyiça idoralararo protokollar imzolangan. Ular orasida gilos, qovun, aççiq qalampir, anor, moş, kunjut, mayiz, quritilgan örik, yonğoq, aççiq va şirin örik danagi, asal va boşqa mahsulotlar bor.












